
Sulsher: Matich, Maktominey va Pogba turli toifada MYu uchun zarur futbolchilar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub Pol Pogbaga yangi kelishuv taklif qilayotgani haqidagi xabarlarga to‘xtalib o‘tdi.
"Klub va futbolchilar o‘rtasidagi muzokaralarga izoh bermoqchi emasman, ammo biz eng yaxshi futbolchilarimizni jamoada olib qolmoqchimiz.
Biz kelajak jamoasini quryapmiz. Va bunda Skott Maktominey va Nemanya Matich bir-biriga o‘xshash vaziyatda, biroq bittasi faoliyatini endi boshladi, ikkinchisi esa tajribali futbolchi.
Bizga yana o‘rta yosh guruhidagi futbolchilar ham kerak, shuning uchun bu ishni uddalay olishimizga umid qilaman. Pogba o‘zi uchun restart qilganidan so‘ng, maydonda yanada yaxshi harakat qilishini bilgandim", - deydi Sulsher.
Fikrlar