
Sulsher: U bizni g‘alabalarga etaklaydi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida gapirdi.
- Pogba juda ko‘p mehnat qildi va hozir zo‘r o‘ynayapti. Oldindagi kamida ikki mavsumda biz eng zo‘r Pogbani ko‘ramiz. Men uning jamoa bilan birga o‘sishini ko‘rmoqchiman. Pol endigina 27 yoshga to‘lgan, u yangi mavsumda jamoa etakchisiga, raqiblar uchun dahshatga aylanadi, - dedi Sulsher.
Pol Pogba “Manchester Yunayted”ga 2016 yili 105 million evro evaziga “Yuventus”dan sotib olingan. Uning shartnomasi yana bir yil amal qiladi. Avvalroq, Pogba o‘z agentlariga yangi kelishuv bo‘yicha ish boshlashni topshirganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar