Suness: Keyn "Real"ga o‘tishi shart
“Liverpul” hamda “Benfika” klublari sobiq bosh murabbiyi Grem Sunessning fikricha “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn “Real”ga o‘tishi kerak, u bunga tayyor.
“Albatta, ushbu gaplarimdan so‘ng “Tottenxem”ning ba’zi muxlislari meni haqorat qilishlari mumkin, lekin Xarri Keyn “Real”ga o‘tishi kerak, agar unda shunday imkoniyat paydo bo‘lsa. Keyn 200 mln funtlik birinchi futbolchi bo‘lishi mumkin. U hamon “Tottenxem”da o‘ynab yurganiga qaramay o‘sishda davom etyapti. Xarri “Real”da o‘ynay oladi deb hisoblayman”, - deydi Suness.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator OAVlar “Real” yozda Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar