
Super klub Mbappedan voz kechishga majbur bo‘ldi
"Pari Sen-Jermen" yulduzi Kilian Mbappe faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining frantsiyalik futbolchi uchun kurashdan chiqqani haqida gapirdi.
"Albatta, biz uning xizmatiga qiziqish bildiramiz. Ammo hamma ko‘rib turibdi - "Liverpul" Kilianga da’vogar emas. Biz uning uchun boshqa klublar bilan raqobatlasha olmaymiz.
Grandlarning Mbappe uchun kurashishi mutlaqo tabiiy jarayon",-dedi Klopp "Anfield Watch" nashriga.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda nihoyasiga etadi.
Fikrlar