Super rokirovka. Ronaldu o‘rniga Mbappe!

  • 21.10.2020 09:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” va “Liverpul”dan keyin Kilian Mbappega “Yuventus” ham qiziqish bildira boshladi.

PSJ rahbariyati 21 yoshli frantsiyalik hujumchini ushlab qola olmaydi. Mbappening o‘zi yangi shartnoma bo‘yicha taklifni qabul qilmadi.

Kilianning transferi uni olmoqchi bo‘lgan klublarga qariyb 400 million evroga tushishi aytilmoqda.

“Yuventus” bu summani pasaytirish uchun transferga Krishtianu Ronalduni qo‘shishga qaror qildi. Chunki PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy Ronalduning muxlisi hisoblanadi. Bundan tashqari, turinliklar portugaliyalik hujumchidan qutilish orqali, uning maoshiga berilayotgan katta summalarni tejab qolish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

PSJ ham bu transferga qarshi emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!