Superfutbolchi: 15 yoshimda 100 kilo tosh ko‘tarardim, hozir esa...

  • 16 aprel, 2021, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyada o‘yini ochilib borayotgan “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku jismoniy holatini yaxshilash borasida tinimsiz mehnat qilishini  aytdi.

- Men 15 yoshimda 100 kilogramm tosh ko‘tarardim. Lekin Italiyaga kelganimdan keyin bu ishni qilmay qo‘ydim. Birinchi mashg‘ulot jarayonida og‘ir tosh ko‘targanim jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylarga yoqmaganini ko‘rdim. Shundan beri, trenjyor zalida tananing muvozanatini yaxshilashga qaratilgan mashqlarni bajaraman xolos, - dedi Romelu Lukaku.

Jismonan baquvvat bu futbolchi A Seriyada 29 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 21 marta aniq nishonga oldi.

Belgiyalik hujumchi Italiyaga kelgunga qadar o‘z yurtda “Anderlext”, Angliyada “Chelsi”, “Vest Bromvich Albion”, “Everton”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!