Superhujumchini ashaddiy raqibga bermaymiz!
“Tottenxem” tarixida eng ko‘p gol urgan Harri Keyn sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan qudratli jamoalarga o‘tish maqsadida yozda klubdan ketishni rejalashtirmoqda.
“Tottenxem” rahbariyati ham yaxshi taklif bo‘lsa, to‘purarni qo‘yib yuborishi aytilgandi. Harri Keynni “Manchester Yunayted” asosiy transfer nishoni qilib tanlaganidan keyin “shporlar”ning rejasi o‘zgardi.
Taniqli insayder Devid Ornshteynning ma’lum qilishicha, “Tottenxem” rahbariyati o‘z hujumchisini “Manchester Yunayted”ga transfer qilinishiga keskin qarshi ekan. Ular manchesterliklar bilan muzokara olib borishni ham istamayapti.
Harri Keynning London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. “Shporlar” kuchli futbolchini Angliya grandlariga emas, balki xorijga jo‘natmoqchi.

Fikrlar