Superklub "Barsa" yulduzi uchun o‘ta katta pul to‘lashga tayyor

  • 11.09.2026 11:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopesga «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida El Nacional nashri yozdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, London klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 120 million evronadan ortiq taklif tayyorlamoqda. «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Lopesni yozgi transferlarda asosiy nomzod sifatida ko‘rayotgani, klub rahbariyati esa mutaxassis istaklarini qondirishga tayyor ekani aytilmoqda.

«Barselona» Fermin Lopesdan voz kechishni istamayapti. Shu bilan birga, 120 million evrodan yuqori taklif kataloniyaliklarni o‘ylab ko‘rishga va muzokara stolini yonida o‘tirishga majbur qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Fermin Lopes barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushdi, to‘rtta gol urdi va ikki marotaba golli pas muallifiga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!