
Superklub eng zo‘r futbolchi uchun 100 million evro to‘laydigan bo‘ldi, lekin...
Bundesliganing yangi chempioni “Bavariya” o‘tgan yili chempionat g‘olibi “Bayer”ning asosiy yulduzini Myunxenga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, Florian Virts Evropaning bir necha grand klublaridan taklif olgan bo‘lsa-da, faoliyatini Bundesliganing eng qudrali jamoasida davom ettirishni ma’qul topgan.
Hozir eng katta masala ikki klub o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib turibdi. 22 yoshli futbolchi agar tomonlar uning transferi bo‘yicha bu yoz bir to‘xtamga kela olmasa, Virts yana bir yil Leverkuzenda qolishga tayyor.
Virtsning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. 2026 yili bu kelishuv tugashiga bir yil qolgan bo‘ladi. Bu holatda “Bayer” o‘yinchini bir mavsumdan keyin tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
“Bavariya” bu yoz Virts uchun 100 million evro to‘lamoqchi. Biroq pleymeykerning transfer bozordagi narxi 140 million evrodan kam emas.
Fikrlar