Superklub o‘ynatmagan futbolchi boshqa mashhur klubni tanladi
“Chelsi”da oʻyin amaliyotisiz qolib ketayotgan markaziy himoyachisi Aksel Disasi jamoasini oʻzgartirishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmogʻida xabar berishicha, fransuz futbolchisiga “Milan” jiddiy qiziqmoqda. Manba maʼlumotiga koʻra, milanliklar “Chelsi” mutasaddilari va futbolchining vakillari bilan muzokaralarni ijobiy yakunlashga urinayapti.
Bitim ijara shartnomasi asosida amalga oshirilishi kutilmoqda. Xabar qilinishicha, futbolchining oʻzi ham “Vest Xem”dan ham taklif tushganiga qaramay, aynan “Milan”ni afzal koʻrmoqda.
Aksel Disasi 2023 yil avgustidan beri “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi yoshlar jamoasiga oʻtkazilib, “Chelsi”ning U21 jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan.
Fikrlar