Superklub “Real” futbolchisi transferi bo‘yicha ish boshlandi
Madridning “Real” jamoasi markaziy himoyachisi Xoan Martines faoliyatini Fransiyaning eng badavlat klubi “Pari Sen-Jermen”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Parij grandining strategik maslahatchisi Luish Kampush 18 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqish bildirgan.
Marca ma’lumotiga ko‘ra, PSJ “Kastilya”da o‘ynayotgan yosh ispan futbolchisini bir necha oydan beri kuzatmoqda va uni klubning yangi strategiyasiga juda mos, degan xulosaga keldi. Bu strategiya superyulduzlardan voz kechib, yosh iqtidorlarga tayanishni nazarda tutadi.
Martinesni olib ketish qiyin bo‘ladi, chunki “Qirollik klubi” ham o‘z tarbiyalanuvchisining iqtidorga ishonmoqda va uni sotishni istamaydi.
O‘yinchining “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, tovon puli esa, 150 million yevro miqdorida belgilangan.

Fikrlar