Superklub yuz million evrolik transferga qo‘l uryapti

  • 23.04.2026 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Aston Villa”ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers bu yozda klubini oʻzgartirishi mumkin. Futbolchiga “Chelsi” daʼvogarlik qilmoqda. Bu haqida Sky Sport xabar berdi.

Manbaning taʼkidlashicha, londonliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan transfer shartlarini muhokama qilish uchun aloqaga chiqqan.

“Aston Villa” esa oʻz hujumchisi uchun 100 million yevro atrofida badal puli talab qilyapti. Garchi Transfermarkt portali Rojersning bozor qiymati 80 million yevroga baholagan boʻlsa-da, “villaliklar” bu savdodan moʻmay daromad koʻrmoqchi.

“Chelsi” rahbariyati Morgan Rojers “aristokratlar” safini tark etishi kutilayotgan Enzo Fernandezning oʻrnini bosishiga ishonayapti. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda,  argentinalik futbolchi “Real Madrid”ga koʻchib oʻtishga tayyorgarlik koʻryapti.

Rojersning “Aston Villa” bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 48 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!