CHERY AUTO

Qisqa tanaffusdan so‘ng, bugun Superliganing 19-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Tecno

Milliy birinchiligimiz o‘zining qizg‘in pallalariga kirib bo‘ldi. Navbatdagi turda ham bir qator kurashlarga boy bo‘ladigan to‘qnashuvlar bor. Biz ushbu o‘yinlarda jamoalarning imkoniyatlari borasida o‘z analizimiz bilan fikrimizni bildirdik.

 

"Andijon" - "So‘g‘diyona"

Mavsumni omadsiz o‘tkazayotgan, ammo ikkinchi davrani yomon ko‘rinishda boshlamagan "Andijon" klubidan nimadur kutsa bo‘ladi. Har holda turnir jadvalining xavfli zonasidan yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarilish uchun bor imkoniyatga ishga solsa kerak. Jizzaxliklar esa mavsumni har qachongidan yuqori ruhda o‘tkazishmoqda. Barqarorlik ham, o‘yin sifati ham, natijalar ham ko‘ngildagidek kechmoqda.

Ko‘ramiz, andijonliklar o‘z uyida "So‘g‘diyona"dan ochko tortib olishni uddasidan chiqisharmikan.

Imkoniyatlar: 40% - 60%.

 

"Buxoro" - "Surxon"

Bo‘lib o‘tgan 18 ta turdan so‘ng, barcha jamoalardan eng kam 15 ochko to‘plagan "Buxoro" klubi ham andijonliklar kabi bor imkoniyatlarini ishga solishlari kutilmoqda. "Surxon" klubi mavsum startidan boshlab, yuqori o‘rinlar uchun kurashib kelmoqda. Ammo sovrinli o‘rinlardan joy olish imkoniyati nisbatan pasaygan. Ko‘ramiz, balki durang natija qayd etilar.

Imkoniyatlar: 40% - 60%.

 

AGMK - "Dinamo"

Ajoyib murabbiy va yaxshi futbolchilar bilan tashkil topgan tarkibga ega bo‘lgan AGMK klubidan sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishi kutilgandi, lekin vaziyat shunday-ki, jamoa hatto quyi ligaga ravona etuvchi pog‘onadan joy olishi ham mumkin. Birinchi davrani yaxshi o‘tkazgan, ammo ikkinchi davrada barqarorlik yo‘qotib qo‘ygan samarqandliklarga bu turda oson bo‘lmasa kerak.

Imkoniyatlar: 60% - 40%.

 

"Qizilqum" - "Nasaf"

Zarafshonliklarni "Nasaf"ga qarshi o‘yinda go‘yo-ki imkoniyatlari pastdek. Zero, "Qizilqum" yutishi kerak bo‘lgan o‘yinlarda mag‘lub bo‘ladi. Ammo bu klub kutilmagan paytlarda g‘alabani o‘ziniki qilib ketishi mumkinligini mehmonda, "Navbahor"ga qarshi o‘yinda yana bir bor isbotlagan edi. Qarshi klubida katta yulduzlar yo‘q, lekin Ro‘ziqul Berdiev har qanday sharoitda kichik imkoniyatlardan ham unumliy foydalanishini barchamiz ko‘rganmiz va bilib bo‘lganmiz.

Imkoniyatlar: 35% - 65%.

 

"Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor"

Ochig‘ini aytganda bu bellashuvni oldindan tahmin qilish qiyin. Sababi, qo‘qonliklar so‘nggi turlarni o‘z uylarida o‘tkazishmoqda va natijalari ham ijobiy ko‘rinish olmoqda. Jamoada kayfiyat ancha ko‘tarilgan. Ammo, bugungi raqib jiddiy. Vadim Abramov shogirdlari shunchaki g‘alaba yoki ochko uchun emas, balki vitse-chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu uchrashuv qiziqarli kechishini tahmin qilish qiyin emas.

Imkoniyatlar: 45% - 55%.

 

"Navbahor" - "Paxtakor"

Nafaqat turning, balki mavsumning markaziy o‘yinlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir qarashda toshkentliklar Superligada mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Yirik hisobdagi g‘alabalar, oson o‘yinlar va katta ustunlikni ko‘rib kelmoqdamiz. "Paxtakor"ga qarshi har qanday uchrashuvda jamoalar oldindan mag‘lubiyatni tan olib ham qo‘yishmoqda. Ammo, bu jamoaga Namanganda doim qiyin bo‘lgan.

"Navbahor" aynan mana shu bahsga har safar jiddiy hozirlik ko‘radi va ko‘p holatlarda maqsadiga erishadi ham. "Sherlar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga faqatgina mana shu uchrashuv yakun yasashi mumkinligiga ishonib, uzoq vaqtdan beri bu to‘qnashuvni kutib kelganlar ham etarlicha topiladi. Shu tufayli ham bellashuvdagi intrigani hisobga olib, imkoniyatlarni teng baholashga qaror qildik.

Imkoniyatlar: 50% - 50%.

 

"Lokomotiv" - "Metallurg"

Chempionlik uchun kurashda imkoniyatini deyarli boy bergan "temiryo‘lchilar" avvalgi yillardek oson g‘alabalarni qo‘lga kirita olmayapti. Birin-ketin ochko yo‘qotishlar, so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabalar jamoani qiyin ahvoldaligini bildirib qo‘yadi. Hatto Babayan kelgani ham ko‘ngildagidek natijalarni taqdim eta olmayapti. "Metallurg" esa aksincha chiroyli futbol namoyish eta olmoqda va muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritib, hatto "Navbahor"ni ham mag‘lub eta oldi. Bekobod jamoasida ichki kayfiyat ancha yaxshi va tahmin qilish mumkin-ki jamoa bu bahsga jiddiy hozirlik ko‘ra olgan.

Imkoniyatlar: 55% - 45%.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухарский
13/09/2019 15:23
betaraf sifatida taxminlar yaxshi berilipti.
Hayotjon Pardayev
13/09/2019 15:55
Dinamo yutadi
&
Holis
13/09/2019 14:36
Klacc tahmin.
&
dilshodxojaxusanov@gmail.com
13/09/2019 18:47
Pahtakor hudo hohlasa yutadi
&
Фан
13/09/2019 16:29
Ботирали хам худди Б.Хайдаров сингари Навбахор жамоаси галабасига паст бахолашга ботина олмабди вохаланки шу пайтгача мутахасисларимиз Пахтакор жамоасини галабасини ишонч б/н юкори бахолаб келишган.
Навбахор жамоасига хозирда тенгсиз хисобланаётган Пахтакор жамоасини галабали сериясига чек куйишда омад ёр булишини тилаймиз.
Мухими халол ва тоза футбол курайлик.