Superliga 27-tur uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

  • 31.10.2025 17:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

“Nasaf” klubi muxlisi Namangandagi o‘yindan qaytishda YTH oqibatida halok bo‘ldi.

"O‘zbekiston Superligasi 27-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Nasaf" uchrashuvini Namangandagi Markaziy stadionda tomosha qilish uchun kelgan "ajdarlar"ning fidoyi muxlisi — Mahmud Muhammadievning uchrashuvdan qaytish yo‘lida avtohalokatga uchrab, vafot etgani bizni chuqur qayg‘uga soldi.  

Liga yo‘l transport hodisalari qurbonlarini kamaytirish masalasiga 2024-yilda e’tibor qaratib, o‘tgan yilgi Superliga mavsumi ramziy jamoasini ularning xotirasiga bag‘ishlagan edi.  

O‘z navbatida, Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari ushbu muxlis xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma’lum qilamiz" , - deya xabar berdi O‘zPFL matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!