
Superliga. AGMK – “Nasaf” va yana 4 o‘yinda VAR tizimidan foydalaniladi
13 – 15 avgust kunlari O‘zbekiston Superligasida 15-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turdan o‘rin olgan 5 ta o‘yinda VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.
PFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Mash’al” – “Paxtakor”, “Bunyodkor” – “Metallurg”, “Turon” – “So‘g‘diyona”, AGMK – “Nasaf”va “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalaniladi.
Fikrlar