Superliga. "Andijon" soʻnggi 10 ta uchrashuvning faqatgina 1 tasida "Nasaf"dan ustun keldi

  • 03.04.2026 14:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun Superliganing 5-turida Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon" safarda Ro‘ziqul Berdievning "Nasaf"i bilan kuch sinashadi. 
 
"Burgutlar" barcha turnirlar doirasidagi so‘nggi 10 ta bahsning faqatgina 1 tasida "ajdarlar"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. 4 ta bellashuvda esa qarshiliklar zafar quchgan bo‘lsa, 5 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 
 
Shuningdek, ikki jamoa umumiy 48 marta to‘qnash kelishgan. G‘alabalar soni bo‘yicha farq katta 28 — 7 ("Nasaf" foydasiga). Bu klublar o‘zaro umumiy 13 marta murosa yo‘lini tanlashgan. 
 
G‘alabalar sonidan tashqari, gollardagi farq ham sezilarli darajada: 100 — 52 
 
Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:15’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!