
Superliga. Birinchi turdan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing!
Superliga dastlabki turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" bahi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "sherlar"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 3-daqiqadayoq Dragan Cheran gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Dostonbek Hamdamov oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. O‘yinning 70-daqiqasida Dragan yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, Shatskix shogirdlari birinchi turni ishonchi g‘alaba bilan yakunladi.
Superliganing birinchi turidan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar