Superliga. Bugun 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Superligada 10-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan "Bunyodkor" safarda “Turon” mehmoni bo‘ladi. AGMK esa derbida "Metallurg"ni qabul qiladi. Kunning markaziy o‘yini Toshkentda "Markaziy" o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. Peshqadam "Paxtakor" ikkinchi o‘rindagi "So‘g‘diyona"ni sinovdat o‘tkazadi. 

Ayni damda "Bunyodkor" 9 turdan so‘ng 12 ochko bilan 6-o‘rinda, “Turon” 3 ochko bilan 14-o‘rinda, AGMK 16 ochko bilan 3-o‘rinda, “Metallurg” 1ta o‘yin kam o‘tkazgan holda 12 ochko bilan 7-o‘rinda joylashgan. "Paxtakor” ham bitta kam o‘yin o‘tkazgan va 22 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "So‘g‘diyona" hisobida 21 ochko mavjud. 

Bugungi uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!