Superliga. Bugun Andijon va Toshkentda o‘yin bor
Bugun Superligada 16-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
“Bunyodkor” safarda "Andijon" mehmoni bo‘lsa, “Paxtakor” o‘zida AGMKni qabul qiladi. Vodiydagi uchrashuv 17:00da start oladi. Turning markaziy o‘yini esa 19:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 15-turdan so‘ng “Bunyodkor” 22 ochko bilan 6-o‘rinda, “Andijon” 9 ochko oxirgi o‘rinda, “Paxtakor” 41 ochko bilan 1-o‘rinda va AGMK 28 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar