Superliga. Bugun Farg‘ona va Samarqandda o‘yinlar bor
Xabaringiz bor “Lokomotiv” – “Andijon” uchrashuvi Superliganing 3-turini boshlab bergan edi. Kecha esa muxlislar “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi dramatik o‘yin guvohi bo‘lishdi.
Bugun, 6 aprel kuni Superligada yana 4ta jamoa o‘zaro bahsga kirishadi. Dastlab Samarqandda “Dinamo” Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Ushbu o‘yin soat 16:30da boshlanadi.
Soat 17:0da esa “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuviga start beriladi. Ushbu bahs Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida kechadi.

Fikrlar