Superliga. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahs olib boradi (o‘zaro o‘yinlar statistikasi)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 12-tur doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912" uchrashuvi ertaga, 21 iyun kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 14 marta to‘qnash kelgan.
O‘zaro uchrashuvlarning 4 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. “Bunyodkor” o‘yinlarning 9 tasida zafar quchgan. Bitta bahsda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 25:14, “Bunyodkor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “qaldirg‘ochlar” 28 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 13 tani tashkil etadi.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

10.09.2021. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 - 2:1
02.04.2021. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 0:0
27.09.2020. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 2:1
13.06.2020. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 2:1
15.09.2019. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 3:0
12.05.2019. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 2:1
02.08.2018. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 1:3
30.04.2018. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 1:0
09.11.2017. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 2:5
16.06.2017. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 2:1
24.09.2016. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 3:0
09.05.2016 . Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 0:2
19.11.2015. Bunyodkor – Qo‘qon-1912 – 5:0
01.07.2015. Qo‘qon-1912 – Bunyodkor – 0:1.

Manba: FK "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!