Superliga. "Dinamo" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Loko"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Lokomotiv" bahsi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlarning gollariga Yovanovich, Rashidov va Alimov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Chikrizov nomiga yozib qo‘yildi.

Shu tariqa, "arslonlar" ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt jadvalda 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Temiryo‘lchilar" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, klub 7-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!