
Superliga. "Dinamo" safarda "Qizilqum"dan ustun keldi
Superliganing 23-turi doirasidagi bahslar davom etdi.
Navbatdagi "Qizilqum" - "Dinamo" bellashuvida mehmonlarning qo‘li baland keldi (1:2).
Dastlab 11-daqiqada Anvarjon Hojimirzaev tezkor gol kiritgan bo‘lsa, mezbonlar safida Muhammadali G‘iyosov penaltidan unumli foydalangan holda, raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 72-daqiqada esa Ilhomjon Vahobovning avtogoli "Dinamo" foydasiga ishladi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Qizilqum
- Mukhammadali Giyosov 24'
Tugadi
1
:
2
02.11.2024 17:15

Dinamo
- Anvar Khozhimirzaev 11'
- Joel Kojo 49'
Fikrlar