Superliga. "Nasaf" ishtirokidagi o‘yin noma’lum muddatga qoldirildi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 14-20 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida "OFK kubogi-2021" musobaqasi “F” guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz vitse-chempioni Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etadi.

Tecno

Dushanbedagi uchrashuvlar sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilishi, shu boisdan, jamoaning bunday maydonda oz muddat bo‘lsa-da mashg‘ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun “Nasaf” klubi Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Mash’al” bilan o‘yinni keyinroq muddatga qoldirishni so‘rab, O‘zPFLga murojaat qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Aslida taqvimga ko‘ra, “Nasaf” – “Mash’al” uchrashuvi 10 may kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Lekin “Nasaf” klubi aynan 10 may sanasida Tojikistonga yo‘l olishni, 7 maydan esa Toshkentda “Chig‘atoy” bazasining sun’iy qoplamali maydonida mashg‘ulotlar olib borishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida “Mash’al” futbol klubi vaziyatni anglab, “Nasaf”ning so‘roviga rozilik bildirgani sabab, mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv keyinroq muddatga qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
03/05/2021 17:38
Насафга фарки йук, суньийми, табиийми фарки йук барибир йутади