Superliga. "Navbahor" - "So‘g‘diyona": Prevyu

  • 24 aprel, 2022, 12:37
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul  qiladi.

Tecno

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperliga (Oliy liga)sida o‘zaro 52 marta uchrashgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 20 ta bahsda zafar quchgan, 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 88-60, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 82 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 67 ochko mavjud. 

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasida o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p kiritgan.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan. E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida zafar quchgan.

Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 21 tasida “lochinlar” ustun kelgan. Yana  bitta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozongan, 4 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekkan.

Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
O‘tkirxoja Axmedov
24/04/2022 13:28
Olga navbaxor biz sen bilan