Superliga. "Navbahor" safarda kichik kambek amalga oshirib, "Dinamo"ni yengdi
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Dinamo" o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, 4-daqiqadayoq Firdavs Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Ruslanbek Jiyanov o‘yinda muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng katta cаhnaga Zabihullo O‘rinboev chiqdi. Hujumchi 24-daqiqada aniq zarba yo‘llab hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Temur Kapadze "lochinlar" bosh murabbiyiligidagi debut o‘yinda g‘alaba qozondi.
Fikrlar