Superliga. "Navbahor" Toshkentda "Surxon"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

  • 12.04.2026 17:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
Temur Kapadze boshqaruvidagi "Navbahor" "Surxon" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi muhim 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. 
 
"Surxon" uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida faol harakat qildi. Keyinchalik namanganliklar bir necha hujum uyushtirib, 26-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Gol muallifi - Aleks Fernandes. 
 
79-daqiqaga kelib "Navbahor" oradagi farqni 2 taga yetkazdi. Ruslanbek Jiyanovning uzatmasidan so‘ng Vanya Ilich o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘ydi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "lochinlar" ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 15 taga yetkazib olib, 3-oringa ko‘tarildi. "Surxon" esa 8 ochko bilan 9-oringa qoldi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
11074.png

Navbahor

  • Alex Fernandez 26'
  • Vanja Ilić 78'
Tugadi
2 : 0

12.04.2026 16:00

261969.png

Surxon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!