Superliga. "Neftchi" - "Surxon" bahsi chiptalari sotuvda!
Xabaringiz bor, 22 oktyabr soat 17:00da O‘zbekiston Superligasi 22-tur doirasida "Neftchi" o‘z uyida "Surxon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi boshlandi, chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20.000-30.000 va ikki markaziy sektor 40.000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.
Stadion ma’muriyati murojatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.

Fikrlar