Superliga. "Paxtakor" Banashakning goli evaziga "Metallurg"dan ustun keldi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona golni Pshemislav Banashak kiritdi. U Farruh Sayfievning qanotdan bergan pasidan so‘ng to‘pni bekobodliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, "Paxtakor" 38 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. 16 ochkosi bor "ma’danchilar" 11-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar