Superliga. "Qizilqum" Toshkentdan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi
Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Navoiy klubi safida gollar Temurxo‘ja Abduholiqov (dubl) hisobiga qayd etildi. "Qaldirg‘ochlar" safida yagona golga Jasur Hakimov mualliflik qildi.
Shu tariqa, "oltinizlovchilar" ochkolari sonini 26 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalida yana 5-o‘ringa chiqib oldi. Karpenko shogirdlari hisobida 16 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 10-pog‘onasidan joy olgan.



Fikrlar