Superliga. “Turon” tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 2 iyul, 2021, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Debyutant “Turon” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

18-daqiqada Muzaffar Muzaffarov penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 59-daqiqada esa Kim Boyong bosh bilan Aleksandr Lobanov darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

E’tiborlisi, mazkur g‘alaba yaypanliklar uchun mavsumdagi va Superligadagi birinchi g‘alaba sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng Igor Shkvirin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor “Metallurg” esa jadvalning 6-pog‘onasidan o‘rin egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!