Superliga. "Xorazm" shu kungacha "Neftchi" ustidan 2 marta zafar quchgan (O‘zaro statistika)
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Xorazm" — "Neftchi" uchrashuvi oldidan jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligi mehmonlar ustunligini ko‘rsatmoqda.
Jamoalar shu kunga qadar 18 bor to‘qnash kelgan. Ularning 13 tasida "Neftchi" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Xorazm" faqat ikki marta zafar quchgan. Yana uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan.
To‘plar nisbati ham farğonaliklar foydasiga — 56:13. Eng yirik g‘alabalar ham e’tiborli: “Xorazm”ning eng katta yutugi 2:0 bo‘lgan bo‘lsa, “Neftchi” raqibini 8:2 hisobida mag‘lub etgan.
Statistika "Neftchi" ustunligini ko‘rsatmoqda, ammo bugungi bahsda “Xorazm” o‘z maydonida an’anani o‘zgartirishga urinib ko‘radi. Uchrashuv bugun soat 19:00'da "Xorazm" sport majmuasida start oladi.

Fikrlar