
Superliga: Yaxshi start ola olmayotgan AGMK va “Dinamo” hamda “Surxon”ning antirekordi haqida
1-tur raqamlarda
“Paxtakor” – “Lokomotiv” o‘yini bilan Superligada 1-tur o‘yinlari yakunlandi. SPORTS.uz saytida berib borilayotgan o‘zbek futboli tahlili va statistikasi muallifi Baxtiyor Shirinov ilk turning raqamlari, qiziqarli faktlarini taqdim etdi.
Superliga: Duranglar zanjiri, Kimda qancha? Barham topgan noxush an’analar haqida
Quyida dastlabki turning o‘ziga xos natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.
AGMK 5 yildan buyon 1-turda g‘alaba qozona olmayapti
Umumiy statistika
1-turda AGMKda 3 g‘alaba, 6 durang va 3 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 14:13.
Shundan o‘z maydonida 3 g‘alaba, 2 durang; safarda 4 durang va 3 mag‘lubiyat.
AGMKning Olmaliqda o‘tkazgan ochilish o‘yinlari statistikasi esa quyidagicha: 6 g‘alaba, 4 durang va 2 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 16:10.
“Surxon”da esa...
Uzoq tanaffusdan so‘ng yana elitaga qaytarilgan “Surxon” 1-turda g‘alaba qozona olmaslik bo‘yicha antirekordini davom ettirdi. Jamoa so‘nggi marta 1997 yil “Yangier”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan keyin ketma-ket 7 mavsum mavsum debyutini muvaffaqiyatsiz boshladi. Bu orada bir marta 1999 yil Termizda aynan “Metallurg” bilan 1:1 qayd etgan va qolgan barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan.
- “Surxon” – “Yangier” 3:1
- “Surxon” – “Neftchi” 0:3
- “Surxon” – “Metallurg” 1:1
- “So‘g‘diyona” – “Surxon” 3:1
- “Paxtakor” – “Surxon” 5:0
- “Do‘stlik” – “Surxon” 3:1
- “Nasaf” – “Surxon” 3:0
- “Qizilqum” – “Surxon” 2:1
- “Surxon” – “Metallurg” 1:1
Navoiyning “Qizilqum” Qo‘qon shahrining “Qo‘qon-1912” hamda Bekobodning “Metallurg” jamoalari oxirgi marta 2016 yil ilk turda g‘alaba qozonishgan. Shundan keyingi 3 mavsum ularda g‘alaba bo‘lmadi. “Navbahor” 2017 yil “Obod”ni mag‘lub etish bilan mavsumni boshlagan edi. Keyingi ikki mavsumda durang qayd etilmoqda.
“Dinamo” 1-turni o‘z maydonida yomon o‘tkazmoqda
Samarqand shahri jamoasi ilk turni o‘z maydonida o‘tkazib g‘alaba nashidasini surganiga ham ko‘p yillar bo‘libdi. Jamoa 2003 yil “Qizilqum”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan ekan. Shundan keyingi 5 uy uchrashuvida ular g‘alaba qozona olishmayapti.
- “Dinamo” – “Bunyodkor” 0:1
- “Dinamo” – “Xorazm” 1:1
- “Dinamo” – “Nasaf” 0:2
- “Dinamo” – “Qo‘qon” 0:1
- “Dinamo” – “Nasaf” 1:1
Fikrlar