Superligada 6-tur boshlanmoqda. Bugun "Vodiy derbisi" bor
Bugun O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar start oladi.
Dastlabki kunda ikkita bellashuv o‘tkaziladi. Birinchi uchrashuvda "Navbahor" o‘z maydonida printsipial raqib - "Andijon"ni mehmon qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi qarama-qarshilikda "Qizilqum" hamda "Surxon" jamoalari to‘qnash keladi. Ushbu o‘yin 18:25 da boshlanadi. Bugungi bellashuvlar oldidan turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish hosil qilgan.


Fikrlar