
Superligada ishtirok etuvchi yana bir jamoa nomi aniq bo‘ldi
Superliga pley-offi doirasida "Qo‘qon-1912" hamda "Metallurg" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda qo‘qonliklar penaltilar seriyasida zafar quchdi.
Dastlab, 24-daqiqada Zabihillo O‘rinboev hisobni ochgan bo‘lsa, Shahzod Beshimov 77-daqiqada muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqt shu hisob bilan yakunlandi va ekstra taymlarda ham vaziyat o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida zafar quchgan "Qo‘qon-1912" 2 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytdi.
Endilikda, Superliganing yana bir yo‘llanmasi uchun "Olimpik" hamda "Metallurg" o‘zaro kurash olib boradi.
- O'zbekiston - Pley-off 1/2
- 1st Round
Fikrlar