Superligada yangi mavsumda 16 ta jamoa ishtirok etadi!

  • 11.12.2020 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumdan boshlab, Qoraqolpog‘istonning "Aral" futbol klubi Superliga bellashuvlarida ishtirok etadi. Bu haqda Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev o‘z telegram sahifasida.

"Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Aral“ 2021 yildan boshlab, Superligada o‘ynaydi. Bu aslida kutilgan edi. Sport tamoyillari yaxshi, ammo hukumat qarori muhimroq.

Shubhasiz, endi Superligada 16 ta jamoa bo‘ladi. Va qo‘shimcha joyni kim egallashi ham aniq. Demak, Superligaga qaytish bilan nafaqat "Aral"ni, balki “Neftchi“ni ham tabriklash mumkin", - dedi Nikimbaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
11/12/2020 12:18
Кайси бирларингизни гапингизга ишониш керак ёки хар доимгидек бахор ойларида яна янгилик килиб чикасизларми