Superligaga chiqishni maqsad qilgan "Neftchi" legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 21 yanvar, 2021, 17:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi futbol mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasi transfer sohasidagi faoliyatini davom ettirmoqda. Bugun klub ixtiyoriga mamlakatimizning "Navbahor", AGMK, "Surxon","Mash’al" singari jamoalaridagi o‘yinlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich kelib qo‘shildi va shu kunning o‘zida futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolandi.

Tecno

Kunning ikkinchi yarmida tajribali himoyachi "Neftchi"ning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridagi harakatini boshlab yubordi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqin kunlarda jamoaga yana bir tajribali legioner hujumchining kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!