Superliganing 3-turini kimlar o‘tkazib yuboradi?
Xabaringiz bor, ertaga Superliganing 3-turiga start beriladi. Ushbu turni esa 4 futbolchi o‘tkazib yuboradi.
Bular: Odamboy Olimov ("Xorazm"), Roman Hajdiev ("Mash’al"), Xayrulla Karimov (OKMK) va Muhammadamirxon Qodirov ("Qo‘qon-1912").

Ma’lumot o‘rnida, ertaga 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastlab, muxlislar Vodiy derbisi guvohi bo‘lishadi. "Neftchi" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. O‘tgan turda "burgutlar"ni mag‘lub etgan "Qizilqum" bu gal safarda "Mash’al" bilan kuch sinashadi. Turning yana bir markaziy bahsi esa Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Kamoliddin Tojiev boshqaruvida "sherlar" o‘z uyida Timur Kapadzening "Navbahor"ini qabul qiladi.
Fikrlar