Superliganing pley-off uchrashuvlari qachon bo‘lib o‘tadi?
Superliganing 2025 yilgi mavsumi yakunlandi. Yakunlangan mavsumda "Neftchi" 24 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritib, o‘z muxlislarini xursand qildi. Kumush va bronza medallariga esa "Paxtakor" va "Nasaf" ega chiqdi. Shuningdek, ligani birinchi bo‘lib "Sho‘rtan" tark etdi.
Ma’lumki, jadvalda 12–15-o‘rinlarni egallagan jamoalar Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadi. Juftliklar bilan tanishing:
5 dekabr
"Qo‘qon-1912" — "Xorazm"
"Mash’al" — "Buxoro"
Ushbu juftliklarda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘zaro bahs olib boradi.
10 dekabr
1-juftlik mag‘lubi — 2-juftlik mag‘lubi
Yuqoridagi bellashuvda yutqazgan klub esa Pro ligada 2-o‘rinni egallagan "Aral" bilan kuch sinashadi. Agar «Aral» bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, Superliga yo‘llamasiga ega chiqadi.



Fikrlar
чунки суперлига клуби таркиби ва тажрибаси устун булиб, дуранг булиши бу клуб нолойиклигидан далолатдир!