Superliganing yozgi transfer oynasiga o'zgartirish kiritildi

  • 23.03.2026 17:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Superligada yozgi transfer oynasi davri oʻzgardi. Bu haqida OʻzPFL rasmiy sahifasida maʼlum qildi. 

Liga oʻtgan yilning avgust oyida ishlab chiqqan taqvim reja boʻyicha Superliga bellashuvlarining katta qismi shanba va yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi, shuningdek, mavsumning birinchi davrasi iyun oyida toʻliq yakuniga yetib (evaziga kubok formatiga oʻzgartirish kiritilgandi), ikkinchi davra yozgi transfer oynasidan keyin oʻz vaqtida start olishi rejalashtirilgandi. Shundan kelib chiqib, Liga FIFA TMS portalida Oʻzbekistondagi yozgi transfer oynasini 22 iyun — 24 iyul sifatida belgilagandi. 

Milliy terma jamoaning 5 maydan eʼtiboran yigʻinga kirishishi Liga rejalari oʻzgarishiga olib keldi. Endilikda mavsumning birinchi davrasi tanaffusga qadar nihoyalanmaydi. Faqatgina 6 avgust sanasiga kelibgina Superliganing dastlabki 15 turi ortda qoladi. 

Shundan kelib chiqib, Liga klublar bilan maslahatlashgan holda yozgi transfer oynasi davriga oʻzgartirish kiritdi. Endilikda bu davr 8 iyuldan start oladi va 10 avgust sanasiga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!