
Superyulduz transferi bilan shaxsan Zidanning o‘zi shug‘ullanmoqda
“Bavariya”dan ketayotgan universal himoyachi David Alaba bugungi kunda grand klublarning asosiy nishoniga aylangan. Xususan, avstriyalik himoyachini o‘z shogirdlari orasida ko‘rishni istayotgan Zinedin Zidan uni “Real”ga olib o‘tish ishlari bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Zidan 28 yoshli futbolchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lib turibdi. Frantsiyalik murabbiy Alabani maosh talabini pasaytirishga ko‘ndirmoqchi. Avstriyalik himoyachi esa yiliga kamida 20 million evro maosh so‘rayapti. Agar kelishuv amalga oshsa, madridliklar futbolchining oilasi va agentiga shuncha miqdorda komissiya puli to‘lashiga ham to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislar “Real” rahbariyati avstraliyalik futbolchining talabini qondirishga tayyor emasligini ta’kidlamoqda. Demak, David murosaga kelishni istamasa, boshqa klub qidirishiga to‘g‘ri keladi.
U yaqinda “Liverpul” taklifini rad etgandi. Hozircha, futbolchi so‘rayotgan maoshni to‘lashga qodir bo‘lgan yagona klub PSJ bo‘lib turibdi.
Fikrlar