"Surxon" o‘rtoqlik o‘yinida "Paxtakor"ni yutib qo‘ydi

  • 24.03.2024 22:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Chempionatimizdagi tanaffusdan foydalanib, Superliga ishtirokchilari o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashishyapti. Jumladan, bugun Qibraydagi stadionda “Paxtakor” klubi “Surxon”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Bellashuvda “Surxon” Muhammadali Abdurahmonov va Kamron Saydazimovning gollari evaziga amaldagi chempionni 2:0 hisobida mag‘lub etdilar. Holbuki, “Surxon” chempionatda dastlabki uchta o‘yinda yutqazdi.

Shuningdek, bu jamoalar chempionatning 1-turida uchrashishgan bo‘lib, unda “Paxtakor” raqibini 3:0 hisobida taslim qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!