"Surxon" Osiyo Kubogi qahramonini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi
"Surxon" klubi o‘z tarkibiga Otabek Boymurodovni qo‘shib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Otabek Boymurodov U-20 Osiyo chempioni hamda 2023 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tgan turnirning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Qit’a birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtiroki unga Argentina’da o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkonini bergan. Ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/8 final bosqichigacha yetib bordi.
Shuningdek, Boymurodov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘lgan.
Klub miqyosida u “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Boymurodov o‘tgan mavsumni "Buxoro" safida o‘tkazib, jamoa bilan O‘zbekiston kubogi finaligacha yetib borgan.

Fikrlar