"Surxon" Potapovni "Xorazm"ga ijaraga berdi

  • 21.07.2025 19:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

2023 yildan beri "Surxon" jamoasida faoliyat ko‘rsatib kelgan rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ikkinchi davrada "Xorazm"da o‘tkazadigan bo‘ldi.

"Jamoamizning rossiyalik darvozaboni Artyom Potapov mavsum oxirigacha Xorazm jamoasi safida to‘p suradi. Bu o‘tish ijara shartnomasi doirasida amalga oshirildi", - deya xabar bermoqda, "Surxon" matubot xizmati.

O‘z navbatida "Xorazm" ham Potapovni mavsum oxiriga qadar ijaraga olganini e’lon qildi.

Potapov bu yil birinchi davrada "Surxon" tarkibida Superligada 9, O‘zbekiston Kubogida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!