
"Surxon" "Qizilqum"ni mag‘lub etdi, tarkibga "Andijon" futbolchisi qo‘shildi
“Surxon” klubi bugun rejaga asosan “Qizilqum” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda “Surxon” raqibini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Surxon”ning asosiy tarkibi: Rustam Nortojiev, Jasurbek Yoqubov, Husniddin G‘ofurov, Siyavush Xabibullaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Alisher Salimov, To‘lqin Ergashev, Jahongir Ahmadov, Zohir Pirimov, Islom Toshpo‘latov, Jasur Xolto‘raev.
Zaxirada: Azamat Ahmedov, Davron Merganov, Kamoliddin Ashurov, Asilbek Temirov, Vladimir Bubanya, Sardor Sulaymonov, Sharafiddin Shobirov, Muhammad-ali Abdurahmonov, Nizomjon Norov, Nuriddin Hasanov, Nikita Pavlenko, O‘ral Choriev, Asror G‘ofurov, Temur Mamatmurodov, Kamron Saidazimov.
Uchrashuvning 2-daqiqasida “Qizilqum” legioneri Mate Vattsadze hisobni ochdi. Keyinchalik “Surxon” futbolchilari – Ibrohim Yo‘ldoshev (34), Jasur Xolto‘raev (47) va Nizom Norov (58) raqib darvozasini ishg‘ol qilib “Surxon”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladilar.
“Surxon” safiga birinchi davrani “Andijon”da o‘tkazgan yarim himoyachi Kamron Saidazimov qo‘shildi. Ayni paytda ushbu futbolchi jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi.
Fikrlar