"Surxon" yig‘inni boshladi. Tarkibga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo‘shildi
"Surxon" jamoasi bugundan Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bugun asosan, tiklanish va jismoniy mashqlarga e’tibor qaratildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yil jamoa mahalliy va yosh futbolchilarga e’tibor qaratadi. O‘tgan mavsumni "Surxon" tarkibida o‘tkazgan surxondaryolik tajribali yarim himoyachi Eldor Boymatov yana termizliklar yig‘iniga kelib qo‘shildi.
Bundan tashqari, "Sho‘rtan" jamoasidagi o‘zining ajoyib o‘yinlari va gollari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan yana bir surxondaryolik hujumchi Jasur Xolto‘raev ham jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Yaypanning "Turon" jamoasiga o‘tganligi haqida mish-mishlar tarqalgan himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Klubda selektsiya ishlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda Serbiya, Rossiya va Ukrainadan legionerlar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar