"Surxon"ning yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga nima sabab? Bosh murabbiy javob berdi

  • 15.04.2021 20:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” – “Surxon” (6:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo‘jaev matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

- “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Bu uchrashuv futbolchilarimizning darajasini ko‘rsatib qo‘ydi, ayniqsa, taktik va jismoniy tomondan qanchalik tayyorligini. Birinchi bo‘limda hammasi yaxshi edi. Ikkinchi bo‘limdagi ikkita gol hammasini o‘zgartirib yubordi. Ruhiy tomondan yigitlar tushkunlikka tushib qolishdi.

- “Surxon”ning oxirgi paytlarda o‘yini qovushmayapti. Sababi nimada?

- Bir narsa deyishim qiyin. “So‘g‘diyona” bilan bahsda omad yuz o‘girdi. Hozir bu to‘g‘risida biror nima deyishga qiynalaman. Sababi, omad etishmayapti. Bugungi o‘yinda ruhiy tarafdan ta’sir qildi. Bu ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatimizga aylandi.

- O‘yin davomida “Surxon” futbolchilari “Nasaf” darvozasiga uch marta zarba berishdi, shundan bittasi aniq. Jamoaga himoyada to‘p surishga topshiriq bo‘lganmidi?

- “Nasaf” qanotdan yaxshi hujumlar tashkil etadi. Shuni o‘rganib chiqqandik. Afsuski, standartdan pala-partishlik bilan gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyin maydonda hammasi o‘zgardi. Har doim g‘alaba uchun tushamiz. Gollar o‘tkazgach, o‘yin sur’atini o‘zgartirish uchun intildik. Biroq bunga erisha olmadik.

- Jamoani tajribali o‘yinchilar tark etgandi. Balki selektsiya ishlarida aniq maqsadga erishilmadimi?

- Selektsiya darajasi bo‘yicha yoshlarga e’tiborni oshirdik. Shuning uchun ayrim o‘yinchilardan voz kechishga majbur edik. Lekin uch-to‘rtta tajribali futbolchilarimiz bor.

- Jamoaning moddiy-texnik bazasi qanday?

- Bu oilaviy sir. Shuning uchun bu haqida menga savol bermasangiz yaxshi bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!