Asosiy mazmunga oʻtish

Suzish bo‘yicha aralash estafeta dasturida uchinchi o‘rinni egalladik

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Terma jamoamiz tomonidan medal qo‘lga kiritilgan sport turlari geografiyasi kengaymoqda. 4x100 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha aralash estafeta dasturida hamyurtlarimiz Parizod Abdukarimova, Muhammadismoil Rahmonov, Eldor Usmonov va Osiyoxon Redjepova marraga uchinchi bo‘lib kelishdi va bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q