Suzuki Italiya A Seriyasida maydonga tushgan birinchi yaponiyalik darvozabonga aylandi
Italiya futbolining eng yuqori ligasi – A Seriyaga qaytgan “Parma” mavsumning ilk turida “Fiorentina”ga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.
Yaponiyalik darvozabon Dzion Suzuki "salibchilar" tarkibida maydonga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, u A Seriya uchrashuvida maydonga tushgan birinchi yaponiyalik darvozabon bo‘ldi. Shu paytgacha Yaponiyadan A Seriyada faqat maydon o‘yinchilari to‘p surgan. Afsonaviy Kazu Miura va Keysuke Xonda shular jumlasidandir.
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Parma” mamlakat vitse-chempioni - “Milan”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar