
Taekvondo WT. "Fujairah Open-2023"ni "yondirgan" taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi (fotogalereya)
Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan "Fujairah Open-2023" musobaqasida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza jami 9 ta medalini qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor bitta musobaqada 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bugun tongda qahramonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tantanali kutib olindi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)



.jpg)





Fikrlar